Yangiliklar

Muqimiyni izlab








O‘zbek mumtoz adabiyotining iste’dodli namoyandasi Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy tavalludining 170 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Qo‘qon Davlat muzey  qo‘riqxonasi hamkorligida tuzilgan   shoir adabiy – ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha  hamkorlik memorandumi doirasida joriy  yilning 4 iyun kuni Qo‘qon shahrida joylashgan Muqimiy hujra muzeyida  “Muqimiyni izlab” deb nomlangan adabiy-ilmiy telepost tashkil etildi. 

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov, Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori M.Atadjanov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Bozorov, o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani Z.Qobilova, o‘zbek adabiyoti kafedrasi adabiyotshunos olimalari B.Abdurahmonova, D.Zohidova, Qo‘qon davlat muzey qo‘riqxonasi direktori M.Mansurova, katta ilmiy xodimi Ya. Dadaboyev, Qo‘qon Adabiyot muzeyi bo‘lim boshlig‘i A.Turdialiyev, Qo‘qon shahar “Mahalla” jamg‘armasi raisi A.Mansurov, shuningdek, Qo‘qon shahar xokimligi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Qo‘qonga tashrif buyurgan mehmonlar Muqimiy adabiy merosi, shoirning hayoti va ijodiga oid yangi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari va qo‘qonlik olimlar bilan uyushtirilgan adabiy-ma’rifiy suhbatda muqimiyshunoslik fani oldida turgan dolzarb muammolar, shoir asarlarining yangicha talqinlari, Muqimiy ijodini targ‘ib etish va ommalashtirish, adabiy ta’limda o‘rganish masalalari yuzasidan so‘z ketdi. Muqimiy shaxsi va ijodini xalqqa yaqindan taqdim etish maqsadida tashkil etilajak televizion va media ko‘rsatuvlar uchun videolavhalar tayyorlandi.