Yangiliklar

Qo‘qon shahrida xind madaniyat markazi ochiladi











13 iyun kuni Lal Baxodir Shastriy nomidagi Xind Madaniyati markazi direktori doktor Chander Shekxar boshchiligidagi delegatsiya Qo‘qon shahriga tashrif buyurdi.

Tadbirlar tongi soat 6.30 da O‘rda maydoni oldida boshlandi. Bu erda Lal Baxodir Shastriy nomidagi Xind Madaniyati markazi direktori doktor Chander Shekxar, Xindiston elchixonasi ikkinchi kotibi Aditiya Valunj Baxodir xonim yoga bo‘yicha mutaxassis Prasbx Nano hamda Qo‘qon shahar hokimi M.A.Usmonov va "Iskusstvo i Molodejü" loyiha muallifi  "Tarona" badiiy xavaskorlik raqs ansambli badiiy rahbari Nargiza Yunusovalar o‘rtasida ikki tomonlama yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va madaniy aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

So‘ng shu erda 21 iyun – Xalqaro yoga kuniga bag‘ishlangan tadbir boshlandi. Yoga mashg‘ulotlari bo‘yicha mutaxassis boshchiligida xind madaniyati markazi talabalari bilan yoga mashqlarini namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilari dastur asosida Mukimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutiga yo‘l olishdi. Qo‘qon davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan tadbirda institut rektori M.Yu.Atadjanov, Lal Baxodir Shastriy nomidagi Xind Madaniyati markazi direktori, Xindiston elchixonasi birinchi kotibi Chandra Shekxar, ikkinchi kotib Aditiya Valunj Baxodir xonim, institut xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A.Najmetdinov ilmiy texnologiya ITEK dasturlari va raqs, ikki davlat o‘rtasida raqs sa’atini hamda do‘stlik madaniy aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha N.Yunusovaning kichik loyihasi bo‘yicha xind madaniyat markazi tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi. Janob Ch.Shekxar N.Yunusovani loyixasini ma’qullab Qo‘qonda  Toshkent shahrida joylashgan Lal Baxodir Shastriy nomidagi Xind Madaniyati markazi tasarufida xind madaniyat markazi tashkil qilinishiga rozilik bildirdi. Tadbir so‘ngida ushbu madaniy do‘stlik aloqalarini o‘rnatishda o‘z loyihasini taqdim etgan N.Yunusovaga Shekxar janoblari minatdorchilik bildirdi.