Yangiliklar

Shoshiling qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha abiturientlarni onlayn qabuli boshlandi

Qo‘qon davlat pedagogika institutida Rossiya Federatsiyasi, M.Akmulla nomidagi Boshqird davlat pedagogika universiteti va Rossiya Federatsiyasi, Rossiya davlat kasb-xunar pedagogika universitetlari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturiga 2020/2021 o‘quv yili bakalavriatning quyidagi ta’lim yo‘nalishlari uchun abiturientlardan hujjatlar qabul qilish boshlandi: 

Rossiya Federatsiyasi, M.Akmulla nomidagi Boshqird davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda Ona tili va adabiyoti: Rus tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishiga 50 nafar, Rossiya Federatsiyasi, Rossiya davlat kasb-xunar pedagogika universiteti bilan hamkorlikda Professional ta’lim: Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishiga 25 nafar talabalar qabul qilinadi.

Qo‘shma ta’lim dasturida (2+2) o‘quv jarayonlari rus tilida, to‘lov-kontrakt asosida olib boriladi. Talabalar 1- va 2-bosqichlarda Qo‘qon davlat pedagogika institutida 3- va 4-bosqichlarni esa Rossiya Federatsiyasi, M.Akmulla nomidagi Boshqird davlat pedagogika universiteti (Ufa shahri) hamda Rossiya Federatsiyasi, Rossiya davlat kasb-xunar pedagogika universitetlari (Ekaterinburg shahri)da o‘qishlari ko‘zda tutilgan.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.

 Xujjatlarni onlayn tarzda http://joint.kspi.uz/ xavola orqali topshirishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar:

☎️ 73-542-38-38

☎️ 73-542-29-81

☎️ 73-542-03-73

☎️ 90-627-70-08