Yangiliklar

Institut daromadlari va xarajatlari tahlil qilindi

So‘ngi paytlarda Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida turli tushunmovchiliklar kelib chiqqanligi sababli biz Qo‘qon davlat pedagogika instituti misolida o‘tgan o‘quv yilida bir talabani  shartnoma asosida o‘qitish qiymati hamda institutning daromad va xarajatlarini tahlil qilib chiqdik (2019-2020 o‘quv yili misolida).


E’tibor beradigan bo‘lsak, stipendiyasiz tahsil olayotgan talaba 6202785 so‘m miqdorida shartnoma to‘lovini amalga oshiradi, lekin uni o‘qitish uchun ketadigan xarajatlar 7616889 so‘mni tashkil etmoqda. Bunda o‘qituvchining ish haqiga 3713526 so‘m (har 14 nafar talabaga 1 ta o‘qituvchi deb olinganida), shtatdagi xodimlar ish xaqi 1189583 so‘m (har 14 nafar talabaga 1 ta xodim deb olinganida), o‘quv xarajatlari 632024 so‘m, inventar va jihozlar amortizatsiyasi, ya’ni, eskirishiga 293631 so‘m, boshqa xarajatlarga 562348 so‘m to‘g‘ri kelmoqda.


Endi esa e’tiboringizni institutning yillik daromadlari hamda xarajatlariga qaratmoqchimiz.

Institutning yillik daromadi byudjet daromadlari, to‘lov-kontrakt mablag‘lari va tabalashtirishgan to‘lov-kontrakt (xalq tilida “super-kontrakt”) mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.

Xarajatlar qismida institut tomonidan bir yil davomida qilinadigan sarf-xarajatlar o‘z aksini topgan.

Yakunida institutning yil oxiriga qoldiq mablag‘i aks ettirilgan. E’tibor bergan bo‘lsangiz ko‘rsatkich manfiy. Ya’ni kamomad bilan yakunlangan.