Yangiliklar

Institut rektorining jamoaga tabrigi

Aziz jamoadoshlar! Sizlarni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman.

Bu yil Vatanimiz Mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligini “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya bilan bayram qilinmoqda. Ushbu bosh g‘oyadagi jumlalar har birimizning qalbimizga cheksiz g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

O‘tgan yigirma to‘qqiz yil davomida mamlakatimizda asrlarga tatigulik islohotlar amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlarning ulug‘vorligini his etish uchun o‘zimiz guvoh bo‘lib turgan ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rish, qalban his etishning o‘zi yetarli deb o‘ylayman.

Hozirgi pandemiya sharoitida ham talabalarimizning bilim olishlari uchun harakat qilayotgan professor-o‘qituvchilarimizning jonbozliklari tahsinga sazovordir.

Hurmatli hamkasblar! Siz azizlarning sog‘ligingizni o‘ylagan holda O‘zbekiston mustaqilligining 29 yillik bayrami katta yig‘in va sayillarsiz, oila davrasida nishonlanishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Shunday ekan barchangiz, o‘z yaqinlaringiz bilan bayramni oila davrasida nishonlashingizni istab qolardim.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka va farovonlik tilaymiz. Mustaqil Vatanimizning tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar  yor bo‘lsin!

Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!

Barchangizni Yaratgan o‘zi panoxida asrasin!

 

 

Hurmat bilan

QDPI rektori                                                                                                     M.Atadjanov