Yangiliklar

QDPI akademik litseyi saralash imtihonlari bolib otdi












Muqimiy nomidagi Qoqon davlat pedagogika instituti akademik litseyida 2020/2021-oquv yili uchun umumiy orta talim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseyga qabul qilish boyicha saralash imtihonlari bolib otdi. 

Bugun 11-sentabr kuni belgilangan grafik asosida bir smenada ertalab 8: 00 dan 10: 00 ga qadar Qoqon davlat pedagogika instituti hovlisida, barcha sanitariya-gigiena qoidalariga qatiy rioya etgan holda saralash imtihonlari otkazildi. 

Saralash imtihonlari otkaziladigan hududga kirishda dastlab talabgorlarning tana harorati olchanib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilindi.  Shuningdek,  imtihon jarayonlari  toliq ovozli video kuzatuv kameralari nazorati ostida otkazilib, ona-onalar uchun onlayn kuzatish imkoni yaratildi.   

Saralash imtihoni natijalari shu kunning ozida institut veb-sayti orqali elon qilinadi.

Malumot ornida: Akademik litseyida mavjud aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar va xorijiy filologiya yonalishlariga oqishga kirish uchun 231 nafar talabgorlardan arizalar tushgan.