Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika institutiga turdosh ta`lim yo`nalishlari bo`yicha o`qishi ko`chirayotgan talabalar diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-Qarori asosida tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOMga asosan Qo`qon davlat pedagogika instituti turdosh ta`lim yo`nalishlari bo`yicha o`qishi ko`chirilishiga ruxsat etilgan talabalarning o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasalariga yig‘ma jildlarni yuborish bo‘yicha xatlarni yo‘lladi.

Sizlardan zudlik bilan ta’lim olayotgan OTMga uchrashingiz va hujjatlarni rasmiylashtirishingiz so‘raladi.