Yangiliklar

Abiturientlar va ularning ota-onalari diqqatiga!


Qo‘qon davlat pedagogika instituti qabul komissiyasi tomonidan oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishni istaganlar uchun pandemiya sharoitida arizalarni onlayn qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun +99897-502-33-12 telegram raqamiga quyidagi hujjatlarni sifatli PDF shaklda jo‘natishlari so‘raladi:

1.      Institut rektori nomiga ariza (namuna asosida).

2.      Abiturientning pasport nusxasi.

3.      Imtihonga kirish ruxsatnomasi nusxasi.

4.      Imtihon natijasi nusxasi.

ESLATMA: Ushbu hujjatlarning asli (qog‘oz varianti)ni abiturient shartnoma tuzish uchun institutga kelganda o‘zi bilan birga olib kelib topshiradi.

Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi: to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga

Bir ballgacha yetmagan abiturientlar uchun — 1,5 barobar;

1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;

2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;

3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

4 balldan ortiq yetmaganlar uchun — 10,0 barobar (56,7 balldan yuqorilar)

56,7 balldan past to‘plaganlar uchun        — 20,0 barobar

2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori:

Kunduzgi ta’lim shakli: 5.771.349 so‘m (stipendiyasiz)

Sirtqi ta’lim shakli:       6.793.300 so‘m