Yangiliklar

O‘zbek hamda turk mumtoz musiqasi va yoshlar tarbiyasi

18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Qo‘qon davlat pedagogika instituti San’at fakulteti o‘qituvchi va talabalari hamda Turkiya davlati Karaburk universiteti Ilohiyot fakulteti o‘qituvchilari va talabalari O‘zbek Turk mumtoz musiqasi va yoshlar tarbiyasi mavzusida zoom dasturi orqali onlayn konsert o‘tkazildi. 



Karaburk universiteti o‘qituvchisi Doctor Can Dogan va iqtidorli turk talabalari bilan o‘tkazilgan jonli ijrodagi konsert hamda turk va o‘zbek xalqining milliy musiqalari haqida suhbat so‘ngida institutimiz Rektori M.Y.Atadjanov nomidan Karabuk universiteti o‘qituvchilariga tashakkurnoma va sertifikatlar taqdim etildi.



Ushbu ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan onlayn  konsert ikki xalq millat o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.