Yangiliklar

Talabamiz Jahon kubogida g‘olibli

Joriy yilning 13-16 noyabr kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Chexiya, Gretsiya, Eron, Rossiya, Belarus, Moldova, Tojikiston sportchilari ichida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi Guljahon Normatova 50 kg vazn toifasi barcha raqiblarini mag‘lub etib, final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


Finalda rossiyalik tajribali sportchisi bo‘lgan Olga Korolyova bilan bahs olib borib, mutlaq ustunlik qilgan holda Jahon kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.


Bugun, 20 noyabr kuni institut faollar zalida Jahon kubogi g‘olibi, talabamiz Guljahon Normatovani taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Institut rektori M.Atadjanov talabamizni g‘alaba bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tiladi.


Shunday so‘ng Guljahon Normatovaga kelgusida musobaqalardagi ishtiroki davomida ham darslarni o‘zlashtirib borishi uchun planshet sovg‘a qilindi.