Yangiliklar

“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi

Institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengashi raisi Z.Boytemirova tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida 2020 yil 25 noyabr kuni Fizika-matematika hamda Tabiiy fanlar fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. 



Unda Qo‘qon shahar Oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari L.Nazirova ham ishtirok etdi. Davra suhbatida institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengashi raisi Z.Boytemirova “O‘zbekona kiyinish madaniyati” mavzusida, Maktabgacha ta’lim fakulteti o‘qituvchisi G.Ashurova “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida, institut psixologi S.Omonova “Maqsadlarim kelajagim dasturi” mavzularida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. 



Davra suhbati davomida “Milliy liboslar – millat iftixor” nomli video rolik namoyish etildi.