Yangiliklar

"Rektor kubogi" musobaqalari o‘tkazildi

Qo‘qon davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida bir qator sport musobaqalarini tashkil etilmoqda.

Shulardan biri Jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan 26-27 noyabr kunlari  o‘tkazildi. Sportning yengil atletika turi bo‘yicha o‘tkazilgan "Rektor kubogi" musobaqalarni fakultet dekani A.Maxkamov ochib berdi.


Shundan so‘ng musobaqalarga start berildi.

Talabalar masofaga  yugurish va yadro uloqtirish bo‘yicha kuch sinashishdi.



G‘oliblar diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.