Yangiliklar

Konstitutsiya oliy qomusim

Institut Axborot resurs markazida talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligiga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi.



Tadbir O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizdagi o‘rni  va ahamiyatini ochib berib, yurtdoshlarimiz, ayniqsa,  yoshlarimiz qalbida qonunga  hurmat,  Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini  kuchaytirish,  ularning huquqiy  ong va  madaniyatini oshirish, Konstitutsiyaga  kiritilgan o‘zgartirishlar haqida yoshlarni xabardor qilishga xizmat qildi.



Tadbirda Konstitutsiyaga oid oynoma, ro‘znoma va shu mavzuga oid kitoblardan  ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.