Yangiliklar

Texnikumlarda imtihonlar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812 – sonli farmoniga muvofiq Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzurida ikkita, ya’ni, O‘zbekiston sanoat hamda Dang‘ara ko‘p tarmoqli texnikumlari tashkil etilgan edi.

30 noyabr kuni institut huzuridagi har ikki texnikumda saralash imtixonlari yozma shaklda bo‘lib o‘tdi.




Talabgorlar dastlab o‘zbek tili bo‘yicha diktant, so‘ngra matematika hamda fizika fanlaridan yozma ish yozishdi.





Eslatib o‘tamiz, ushbu professional ta’lim muassasalarida ikki yillik o‘quv jarayonida ishtirok etgan o‘quvchilar orasida iqtidorli yoshlar oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqich talabalari safiga suhbat asosida qabul qilinadi.