Yangiliklar

Talabalarimiz g‘oliblar safida

1 dekabr kuni Pro liganing so‘nggi turi doirasida Farg‘onaning “Neftchi” hamda Yaypanning “Turon” klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Mazkur bellashuv g‘olibi Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kerak edi. Shundan kelib chiqib, uchrashuvning ahamiyati yuqori bo‘ldi va u futbol jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi.


 “Neftchi” — “Turon” uchrashuvi kutilganidek shiddatli kechdi va unda mehmonlar 1:0 hisobida g‘olib chiqib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 


Bellashuv yakunida viloyat hokimXayrulla Bozorov “Turon” futbolchilarini taqdirlash uchun maydonga chiqdi.


Quvonarlisi shundaki, g‘olib jamoa tarkibida Qo‘qon davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Ismoil Oxunjonov hamda Dostonbek Meliqo‘ziyevlar ham bor. 



Biz institut jamoasi nomidan sportchi talabalarimizga ulkan zafarlar tilab qolamiz.