Yangiliklar

Nargiza Babayeva Belorus Respublikasi OTMlarida ma’ruza o‘qidi

Belarus Respublikasi Yanka Kupala nomidagi Grodniy davlat universiteti taklifiga ko‘ra Qo‘qon davlat pedagogika instituti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Babayeva Nargiza Muzaffarovna 26-noyabrdan 3 dekabrga qadar ushbu universitetda bo‘lib qaytdi.


Tashrif davomida ikki tomonlama o‘quv, ilmiy va loyihaviy hamkorlik aloqalari muhokama etildi.

Universitetda talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, tajriba almashinildi.




N.Babayeva tomonidan universitetning Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari uchun “Iqtisodiyotda innovatsion va intellektual texnologiyalar” fanidan 10 soat ma’ruzalar o‘qildi.

 

Bundan tashqari, Nargiza Babayeva Belorus davlat universitetida ham bo‘lib, universitetning iqtisodiyot fakulteti jamoasi bilan “Raqamli iqtisodiyot – kelajakka qadam” mavzusida davra suhbati hamda universitetining Iqtisodiy informatika ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan “Raqamli platformalar va raqamli iqtisodiyot texnologiyalari” fanidan 2 soat ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkazdi.