09
Dec
Sizlar bilan faxrlanamiz
Joriy yilning 5-9 dekabr kunlari oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Universiada-2020” sport musobaqalarining engil atletika turi bo‘yicha final bosqichi Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Bir necha kun davom etgan musobaqalar murosasiz ruhda davom etdi.
Farg‘ona viloyati nomidan ishtirok etgan Qo‘qon davlat pedagogika instituti talaba yoshlari ikkita kumush va ikkita bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Sportchilar musobaqalarga Qo‘qon davlat pedagogika instituti dotsenti Abdusamat Umarov murabbiyligida tayyorgarlik ko‘rgan.
Ushbu muvaffaqiyat bilan sportchilarimiz hamda
murabbiylarini chin yurakdan muborakbod etamiz.