Yangiliklar

“OTM – maktab” amaliy ishlar

Bosh vazir o‘rinbosari B.Musayev topshirig‘iga binoan OTM-maktab dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra QDPI hududda joylashgan 8 ta tuman XTB bilan hamkorlik shartnomalari imzolagan.

Shartnoma asosida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Shulardan biri Texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti Baxtiyorjon Olimov tomonidan amalga oshirilmoqda.


B.Olimov Bog‘dod tumanida joylashgan umumta’lim maktablari 20 nafar iqtidorli o‘quvchilari bilan xaftaning juma kuni doimiy mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning kasb-xunarga bo‘lgan qiziqishlaridan kelib chiqib yo‘nalishlar berilmoqda.


Bu o‘quvchilar kelgusida qaysi kasb egalari bo‘lishlari hamda ushba kasb sir-asrorlarini egallash usullarini o‘zlashtirishlarida yordam bermoqda.