Yangiliklar

Bizga tashabbuskor yoshlar kerak

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843 – sonli hamda 2020 yil 30 iyundagi “O‘zbeksiton Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi PF-6017 – sonli Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlar orasida istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishni nazarda tutuvchi tashabbuskor, islohotlarni oshirish va joylarda muammolarni hal etishda faol ishtirok etayotgan, rahbarlik lavozimlariga munosib yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi “Vatan iftixorlari” institutsional tizimini joyriy etish vazifasi belgilangan.

Shuningdek, bugungi kunda Fargona viloyatida “Yoshlar forumi”ga start berilganligi, forum doirasida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining taklif istaklaridan kelib chiqib, davlat organlari rahbarlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish reja-jadvali ishlab chiqilgan.

Ushbu reja-jadval asosida viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

“Davlat xizmatlariga ochiq yo‘l” hamda “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” shiori ostida o‘tkazilayotgan ana shunday uchrashuvlardan biri, bugun, Qo‘qon davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi.


Institut rektori Mamirjon Atadjanov, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Yulduzxon Xodjayeva hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i To‘ychiboy Boymatovlar ishtirok etgan ushbu uchrashuvda yurtimizda, xususan, ta’lim tizimida so‘ngi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida fikr almashinildi.

Uchrashuv ishtirokchilariga kelgusida o‘z sohalarining etuk mutaxassislari bo‘lishlari uchun aynan nimalarga e’tibor qaratishlari lozimligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.