Yangiliklar

Institut rektorining bayram tabrigi


Hurmatli jamoadoshlar va aziz talabalar!

Sizlarni va Sizlar orqali oila a’zolaringizni kirib kelayotgan yangi 2021 yil bilan chin qalbdan muborakbod etaman.

O‘tayotgan yil butun dunyo, shu jumladan,  mamlakatimiz uchun ham oson yil bo‘lmadi. Bu jarayon boshqa sohalar qatori ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shunday bo‘lsada, Siz azizlarning birgalikdagi sa’y-xarakatlari natijasida sinovlarni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lindi va mamlakatimiz ta’lim tizimi sinovlarga chidamli ekanligini yana bir bor isbotladi.

2020 yilda institutimizda 1 ta fan doktori (DCs), 15 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilingani, 5 ta darslik va 45 ta o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgani, 50 dan ortiq sportchi talabalarimiz respublika va xalqaro sport musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallagani, Qo‘qon shahar va atrofda joylashgan 8 ta tumanlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar fikrimizning isboti deyish mumkin.

Kirib kelayotgan yangi yil mamlakatimiz taraqqiyoti va ta’lim tizimi rivojlanishi uchun yangi imkoniyat hamda ulkan zafarlar yili bo‘lsin.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, kelgusi faoliyatingizda muvaffaqiyat tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

 

Hurmat bilan M.Atadjanov