07
Jan
Kredit-modul tizimini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqda
Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori tomonidan talabalar qishki ta’tili vaqtida institutda kredit-modul tizimini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar-trening jadvali tasdiqlangan bo‘lib, 2021 yil 4-8 yanvar kunlari 2 smenada tashkil etilgan seminar-treningda institutning barcha kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqdalar.
Seminar-treningda Pedagogika va psixologiya
kafedrasi mudiri D.Soliyeva hamda Maktab menejmanti kafedrasi mudiri
X.Ustajalilovalar kredit-modul tizimini
o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha “Ta’limning kredit-modul tizimi haqida”,
“Kredit-modul tizimining tamoyillari”, “Kredit-modul tizimi mamlakat oliy ta’lim
tizimiga nimalarni beradi”, “Kredit-modul tizimida o‘quv dasturlarining
yaratilishi”, “Kredit-modul tizimida talabalarni baholash” va shu kabi
mavzularda ma’ruzalar olib bormoqdalar.
Seminar-trening orqali olingan nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalar har bir kafedrada targ‘ib etilishi nazarda tutilgan.