Yangiliklar

“Sudya va yoshlar” uchrashuvi


Joylarda “Rektor va yoshlar”, “Hokim va yoshlar”, “Prokuror va yoshlar” kabi rahbar va yoshlar uchrashuvlari o`tkazilmoqda. Tadbirlar zamirida yoshlar dardini tinglash, yoshlar muammolarni aniqlash va joyida bartaraf etish, yosh rahbar kadrlarni aniqlash va bir qancha javobini topmagan masalalar yotadi.



Qo`qon davlat pedagogika institutiga Qo`qon shahar fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo sudi raisi U.Ismailov va fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo sudi sudyasi M.O`rmonov, fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo sudi arxiv mudiri N.Qosimov, iqtisodiy ishlar bo`yicha Qo`qon tumanlararo sudi raisi Sh.Mirzahakimovlar tashrif buyurdi. O`zbek tili va adabiyot fakultet dekani filologiya fanlari doktori Z.Qobilova sudyalarni tanishtirib, ushbu oyda keng nishonlanayotgan buyuk shoir va mutafakkir, dunyo tan olgan ikki alloma, o`zbek adabiyotining zarshunoslari, buyuk so’z san‘atkorlari bo`lgan ulug` bobolarimiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi va shavkatli shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi bilan barchani tabrikladi. Ko`tarinki kayfiyatda o`tkazilayotgan mazkur tadbirlardan lavhalar qo`yildi, “Nazm va navo” kechasi o`tkazildi.Tadbirda faol qatnashgan talabalarga sudyalar tomonidan badiiy asarlar sovg`a qilindi.



Tadbirning asosiy qismi yangi mukammal ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan o`zbek tili va adabiyot fakulteti o`quv auditoriyasida davom etdi.



2017- yil 4- yanvardagi O`zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonun, 2017- yil 2- fevraldagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirish chora – tadbirlari to`g`risida”gi Qarori, O`zbekiston Respublikasi “Sud qarorlarini qayta ko`rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik Protsessual kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi 2021- yil 12- yanvardagi 661-sonli O`zbekiston Respublikasi Qonuni muhokamasiga bag`ishlangan uchrashuvda talabalar tomonidan fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to‘g‘risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha berilgan savollarga sudyalar amaliy qonunchilikda belgilangan tartibda atroflicha javob berdi. Talabalar uchrashuv davomida tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar, ta’lim krediti va bu yo`nalishda ortiqcha qog`ozbozlikka yo`l qo`yilmaygan Qonun va qonunosti hujjatlari bor ekanligini ham bilib oldilar.

Qo`qon DPI matbuot xizmati

Ôîéäàëè ìàíáààëàð