Yangiliklar

“OTM va maktab” hamkorligi




Umumta`lim maktablarida ta`lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish hamda maktab o‘quvchilarini oliy ta`limga qamrovini oshirishga ko‘maklashish maqsadida “OTM va maktab” hamkorligi yanada kuchaytirilmoqda.

2021 yiling 23 fevral kuni Qo‘qon davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari Qo‘qon shahridagi 34-umumta`lim maktabida 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta`lim muassasasiga hujjat topshiruvchi o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.





Shu kuni institutning matematika-informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi tehnika fanlari nomzodi I.Siddiqov tomonidan matematika fanidan tayyorlov kursi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘qon davlat pedagogika institutining barcha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan haftaning har bir kunida olib borilayotgan “Mahorat” darslari hamda tayyorlov kurslariga ijtimoiy-himoyaga muhtoj oila farzandlari, iqtidorli o‘quvchilar qamrab olingani Prezidentimizning naqadar oqilona siyosat olib borayotganligidan dalolat beradi.-deydi 34-umumta`lim maktab direktori E.Shermatova.

Ôîéäŕëč ěŕíáŕŕëŕđ