Yangiliklar

Islohotlar bilimdoni

Hurmatli pedagoglar va talabalar!15- apreldan “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli Respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining institut bosqichi start olmoqda.  Ushbu tanlovning “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”,  «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”,  “Eng yaxshi guruh murabbiysi”, “Eng faol xotin-qizlar maslahat  kengashi raisi” nominatsiyalarida  kafedralar   va pedagoglar, “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi”  nominatsiyasida esa talabalar ishtirok etishlari mumkin. Arizalar 15- apreldan 15- maygacha Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limida  qabul  qilinadi (+998903062233). Institut bosqichi g‘oliblari rag‘batlantiriladi va  Respublika bosqichiga jo‘natiladi! Batafsil ma’lumotlar mazkur Nizomda keltirilgan!

Qo‘qon DPI matbuot xizmati

Ôîéäàëè ìàíáààëàð