Yangiliklar

Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti faollar zalida Konstitusiya baxtimiz poydevori shiori ostida O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kunning 25 yilligiga bag`ishlangan tadbiri bo`lib o`tdi

  Tadbirni Qo`qon davlat pedagogika instituti rektori A.G`.Eminov o`z nutqi bilan ochib berdi. A.G`.Eminov O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi shahar va institut miqyosida keng ko`lamda nishonlanayotganligi, bunday tadbirlar fuqarolarimiz, ayniqsa talaba yoshlarimizni siyosiy, huquqiy bilimdonligini oshirish samaradorligiga bevosita hissa qo`shayotganligini takidlab, barcha tadbir ishtirokchilarini O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi munosabati bilan samimiy tabrikladi.

















   Tadbir davomida Tarix fakulteti, O`zbek tili va adabiyoti fakulteti hamda musiqa talim yo`nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko`rinishlari namoyish etildi. SHuningdek, tadbirda Qo`qon Davlat pedagogika instituti rektori A.G`.Eminov institut miqyosida o`tkazilgan Konstitusiya bilimdonlari tanlovining I,II,III-o`rin g`oliblarini institut faxriy yorliqlari va esdalik sovgalari bilan taqdirladi.