Yangiliklar

Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti faollar zalida Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakulteti talabalari tomonidan “Qomusimiz-or-nomusimiz” mavzusida tadbir bo`lib o`tdi

   Tadbir boshlandi. Tadbir zali ,,O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag’ishlangan. Tadbirni fakulteti dekani M.Maqsudov ochib berdi. O`zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan yurtimizda amalga oshayotgan ishlar yuzasidan ma’ruzalari tinglandi. Tadbirni Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim 1-bosqich talabalari namoyish qildilar. Tadbirda vatanimiz ravnqiga oid she’rlar, qomusimizni madx etuvchi she’rlar, qonun va moddalarni yoritib beruvchi chiqishlar, sahna ko`rinishlari, qo`shiq va raqslar namoyish etdilar. Iqtidorli, istedodli  yoshlarning yozgan she’rlari eshitildi, chizgan rasimlari  ko`rgazmasi tashkil etildi.












Tadbir yakunida  2017-yil Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim  fakulteti 3-kurs talabasi  Z.To`ychiyevaning “Navoiy stipendianti” guvohnomasi topshirildi. O`zbekiston Respublikasi chempionlari aytib o`tildi. Tadbir yakunida Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakulteti dekani M.Maqsudov tomonidan tadbir tashkilotchilari kata o`qituvchisi S.Mirxayitova, o`qituvchi D.Yoldoshev  va tadbirni o`tkazgan Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakulteti 1-kurs talabalariga minnatdorchilik bildirdi.