Yangiliklar

Qoʻqon davlat pedagogika institutida bitiruvchilarga magistrlik diplomi topshirildi




Marosimda institut rektori D. Xodjayeva bitiruvchilarga muvaffaqiyat tilab nutq soʻzladi va yigʻilganlarni hayotlaridagi muhim bosqich yakunlanayotganligi bilan tabriklab, kasbiy sohalarida omadlar tiladi.

Jamoatchilik vakillari, professor-oʻqituvchilar, talabalar, ota-onalar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda zamonaviy bilimlarni puxta egallagan yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.








Bitiruvchilar tomonidan bugungi kunga qadar yaxshi mutaxasssis boʻlib yetishishi uchun oʻz bilimini ayamay fidokorona mehnat qilgan, oʻz kasbiga sidqidildan yondoshgan barcha ustozlar mehnati eʼtirof etildi.

Bitiruvchilarimiz ustozlari oʻgitlari va yoʻl-yoʻriqlari bilan ikki yil muddatda ilmiy izlanishlar olib borgan holda, oʻz sohasining yetuk, raqobatbardosh mutaxassisi boʻlib yetishdi.

Tadbirda 11 yoʻnalish boʻyicha 101 nafar talabaga magistrlik darajasi berildi.





Bugun juda hayajondaman, deydi ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi mutaxassisligi bitiruvchisi Ravshan Abdullayev. Kelgusi faoliyatimni taʼlim rivojiga bagʻishlayman va ustozlarimning bildirgan ishonchini, albatta, oqlayman.

QDPI matbuot xizmati