Yangiliklar

Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlandi




Prezident farmoniga koʻra, Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yuksak natijalarga erishgan bir guruh sportchilar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi (https://president.uz/uz/lists/view/4606). Ular orasida yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi, Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Mohigul Hamdamova ham bor.

Maʻlumot oʻrnida, Mohigul Hamdamova Para yengil atletikaning disk uloqtirish turida F57 klassida oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.

Institut jamoasi Mohigul Hamdamovani yuksak unvoni bilan muborakbod etadi.

QDPI matbuot xizmati