Yangiliklar

Eʼlon

Rus filologiyasi taʼlim yoʻnalishlarini tamomlagan bakalavrlar uchun yana bir imkoniyat!

Qoʻqon davlat pedagogika instituti hamda Rossiya Federatsiyasining Jaxon reytingida top 100 talikdan oʻrin olgan Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturi doirasida RUS TILI VA ADABIYOTI magistratura mutaxassisligi uchun hujjatlar qabul qilish davom etmoqda.

Hujjatlar 2021-yilning 1-oktyabriga qadar onlayn tarzda joint.kspi.uz sayti orqali qabul qilinadi. Nomzodlar tomonidan fuqarolik pasporti va bakalavr bosqichini tugatganligi haqidagi diplom (ilovasi bilan) taqdim etilishi lozim.

Qoʻshma taʼlim dasturida (1+1) oʻquv jarayoni rus tilida, toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan magistrantlarga butun dunyoda tan olinadigan ikki tomonlama diplom beriladi.

Murojaat uchun telefonlar:

☎️ 73-542-38-38

☎️ 91-694-01-55

☎️ 97-309-86-68

☎️ 99-086-70-08