Yangiliklar

Qoʻshma taʼlim dasturi amalda




Qoʻqon davlat pedagogika instituti hamda Rossiya davlat kasb-hunar pedagogika universiteti bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturi (2+2;) boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishida 2-bosqichni tamomlagan talabalar oʻqishini davom ettirishlari uchun 12-sentyabr kuni soat Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Rossiyaning Yekaterinburg shahriga uchib ketdilar.

Talabalarimizga keyingi ikki yil davomida ham aʼlo baholarga oʻqib, kelajakda Oʻzbekiston rivoji uchun oʻzlarining munosib hissasini qoʻshishini tilab qolamiz.

 

QDPI matbuot xizmati