Yangiliklar

Qoʻshma taʼlim dasturi doirasida oʻqish uchun imtihonlar boshlandi










Qoʻqon davlat pedagogika institutida Rossiya Federatsiyasining M. Akmulla nomidagi Boshqird davlat pedagogika universiteti, Qozon federal universiteti hamda Belorus davlati Yanko Kupalo nomidagi Grodno davlat universitetlari bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturi doirasida 2021/2022 oʻquv yili uchun bakalavriat bosqichiga abituriyentlar imtihon topshirishni boshladi.

Eslatib oʻtamiz, qoʻshma taʼlim dasturida (2+2) va (1+1) oʻquv jarayonlari rus tilida, toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.

QDPI matbuot xizmati