Yangiliklar

Tabiiy fanlar fakultetida 14-yanvar Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan Milliy armiya yoshlarni madrlik matonat va jasorat maktabi mavzusida bayram tadbiri bo`lib o`tdi


Tadbir fakultet talabalaridan tuzilgan xarbiy saf bilan boshlandi undan so`ng O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Tadbirni I. Qo`qonboyev ochib berdi. Assalomu alaykum, hurmatli talabalar, professor-o`qituvchilar Sizlarni Vanat ximoyachilari kuni bilan samimiy tabriklayman. Yigitlarimiz Vatanimizning tayanchi sifatida gavdalanar ekan Siz yoshlar Vattanni sevmog`ingiz, uni ko`z qorachig`idek asrashingiz, qolaversa uning rivojiga o`z hissangizni qo`shmog`ingiz lozim.


SHundan so`ng badiy chiqishlar namoyish etildi. Fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan jangavor chiqish namoyish etildi. Badiiy chiqishlari talabalarda katta qiziqish bilan kutib olindi.


SHundan so`ng 82-318 harbiy qism letenati Nizomov Jamshidbek Aliyevich, Holiqov Olimjon Baxriddin o`g`lilari barchani 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan Milliy armiya yoshlarni madrlik, matonat va jasorat maktabi mavzusida bayram tadbiriga taklif etilganligi uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi. U o`z so`zida Vatanimiz harbiy salohiyati to`g`risida gapirib o`tdi. O`zbekistonda harbiylarga berilayotgan imtiyozlar va qulaliklar to`g`risida ma`lumotlar berdi.




SHudan so`ng 1-BO`M yo`nalishi talabasi X. Usmonovtomonidan rasq namoyish etildi. Fakultetimiz talaba yoshlaridan tashkil etilgan Qalqon va Tarnado jamoasini badiy chiqishlari namoyish etildi. Ushbu bayram tadbirini ko`tarinki ruxda o`tdi.