Yangiliklar

Fizika matematika fakultetida Vatan himoyachilari kuni bilan Mardlar qo`riqlaydi Vatanni mavzusida bayram tadbiri bo`lib o`tdi



Tadbirda Qo`qon shahar 42090 harbiy qism kapitani Odilov Jamoliddin, serjant Shaymordonov Farhodjon, fakultet professor o`qituvchilari va talabalari qatnashdilar. Fizika-matematika fakulteti dekani X.I.Xonboboyev so`zga chiqib, bayram tadbirini ochib berdi va yurtimizda keng nishonlanadigan bayram, yani 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan tadbirga taklif qilingan harbiylarni va ular orqali yurtimizning barcha harbiy og`lonlarini tabrikladi.


Hozirgi kunda fizika-matematika fakultetida ham harbiy xizmatni o`tab kelgan zahiradagi askarlardan bir nechtasi talabalar safiga qabul qilinganligini va shu dargohda  tahsil olayotganligini takidladi.