Yangiliklar

Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti tashabbusi bilan institut faollar zalida Mardlar qo`riqlaydi Vatanni mavzusida bayram tadbiri o`tkazildi


     O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida jismonan sog`lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq qat`iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbilash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intelektual salohiyatini qo`llab-quvvatlash va uni ro`yobga chiqarish alohida belgilab qo`yilgan.



     Bu borada institutda bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumaladan, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti tashabbusi bilan institut faollar zalida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2017 yil 6 maydagi 27-son q/q hamda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2017 yil 6 maydagi   10-son qarori asosida tashkil etilgan Qo`qon avtotransport kollejida kapitan Nuraliyev Botirjon No`monovich rahbarlidagi 1-bosqich maxsus guruh tinglovchi kursantlari bilan Mardlar qo`riqlaydi Vatanni mavzusida katta bayram tadbiri o`tkazdi.





    Samimiy bayram uchrashuvida yigitlar bilan mardlik, jasurlik, sadoqat, Vatanni sevish, kitobga mehr qo`yish, halollik kabi eng sara insoniy fazilatlar to`g`risida o`zaro fikr almashildi. Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Temur Malik jasorati haqida aytilgan ma`lumotlar maxsus guruh tinglovchi kursantlari hamda yig`ilganlar orasidan mana shunday buyuk ajdodlarga mos avlod etishib chiqishiga ishonch bildirildi. Aytilga sherlar, yangragan navolar, kuylangan qo`shiqlar, ijro etilgan sahna ko`rinishlari bayram kechasini yanada fayzli o`tishiga xizmat qildi.