Yangiliklar

Chet tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi N.Abdunazarovaning “Til ko`nikmalari integratsiyasi” fanidan “Cross cultural communication” mavzusida ochiq darsi bo`lib o`tdi




Biz guruh bilan birgalikda madaniyatlar aro almashunuvlar o`rtasida uchraydigan holatlar borasida va o`zga yurt vakillari bilan bo`lgan suhbatda yo`l qo`yiladigan kamchiliklar batafsil tushuntirib berildi. Rejalashtirilgan darsni muvaffaqiyatli yakunladim deb o`ylayman. Talabalarga dars davomida  berilgan mashqlar va savollarimga to`liq javoblar olganligim va ularning darsdagi faol ishtiroki talabalar yetarli darajada o`zlashtirib olishganini dalolatidir.





N. Abdunazarova stajyor o`qituvchilarimizdan biri bo`lishiga qaramasdan, o`qituvchi darsni ko`tarinki ruhda olib bordi.  Jumladan, guruhdagi talabalar faol qatnashishlarini to`liq ta’minladilar. Mavzuga oid ma’lumotlarni ko`rgazmali qurollar orqali namoyish etganligi darsni yanada samarali bo`lishini ta’minladi.



O`qituvchi darsning boshlanish qismida ingliz tili muhitini yaratib, talabalarni darsga jalb qila oldi. Hamkasbimiz dars berishning noan’anaviy usulidan juda samarali foydalandi. N. Abdunazarova  dastlab talabalarga ingliz tilida gapirishga imkon yaratib ular yo`l qo`ygan xatolarni  tuzatdi. Shuningdek, har bir talabaning o`z reyting balidan xabardorligini, hamda dars mobaynida ularni baholab borganini alohida ta’kidlash joiz.