Yangiliklar

Tarix fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchilari Qo`qon shaxar 9223 Xarbiy qismda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabr kungi PF -3404 sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida tadbir bo`lib o`tdi




Xurmatli “92-23 Xarbiy kism” Komandirlari va ofitserlar xamda askarlar. Sizlarni 2018 yil 14-yanvar Qurolli Kuchlarimizning 26 yilligi bayrami bilan tabriklaymiz. Kelgusi ishlaringizga omad tilaymiz. Bugungi tadbirdan ko`zlangan maqsadimiz Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovni 80 yillik tavallud kunini nishonlash, u inson xaqida xotirlash, va ilik fikrlar bildirib o`rtoqlashish maqsadida keldik. Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov O`zbekiston xalqining yuz yillik istiqlol orzularini ro`yobga chiqargan «Mustakillikning memori tashabbuskori va ijodkori ekanligi xammamizga ma’lum. Uning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga qo`shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o`rni va ahamiyatini inobatga olib, ushbu sanani ulug` xalqimizning bayrami sifatida nishonlash, shubhasiz, Islom Karimovning ruhini shod etadi. 2016 yil 2 senyatbr Xalqning otasi darajasidagi ulkan e’tirofga erishgan, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni so`nggi manzilga kuzatdik. Bugun xayot bo`lganlarida 80 yoshni qarshi olishar edi.





Buyuk ustozimizning siyosiy merosi, u kishi belgilab bergan taraqqiyotimizning asosiy tamoyillari, ustuvor yo`nalishlar, maqsad va vazifalarni so`zsiz va to`liq amalga oshirish – biz uchun ham qarz, ham farzdir. Muhtaram Islom Abdug`aniyevichning bosib o`tgan umr yo`llari, mustaqilligimizni himoya qilish va mustahkamlash borasidagi tarixiy xizmatlari barchamiz uchun, shu jumladan, biz uchun ham eng yorqin ibrat namunasi va katta hayot maktabi bo`lib qoladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi bugun mavjud bo`lgan ko`p qirrali siyosatning poydevori bo`lib xizmat qilmoqda.

Endilikda inson, uning hayoti, ozodligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi”.

Xalqimiz qalbida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning yorqin xotirasi abadiy saqlanib qoladi.