Yangiliklar

Tarix fakultetida talabalarining diniy dunyoqarashini kengaytirish Muqaddas Islom dinining asl mohiyatini to`g`ri tushuntirish maqsadida Shahar bosh Imom hatibi Abdulmajid qori Isoqov ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy suhbat bo`lib o`tdi


        Tarix fakulteti TO`M yo`nalishi 4-kurs talabalari uchun yoshlarining diniy dunyoqarashini kengaytirish, Muqaddas Islom dinining asl mohiyatini to`g`ri tushuntirish maqsadida SHahar bosh Imom hatibi Abdulmajid qori Isoqov ishtirokida “Diniy ekstrimizm va terrorizmning salbiy illatlari, diniy aqidaparastlikni oldini olish, mamlakatimizda Muqaddas Islom dinining sof ma’naviyatini yoshlarga targ`ib qilish”ga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbat tashkil etildi. Dastlab fakultet dekani M. Temirboyev talabalarga diniy ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlari, hozirgi davr dunyo mamlakatlarining barchasiga havf solayotgani, bu illatga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozimligi haqida nutq so`zladi va suhbatni davom ettirish uchun so`zni Shahar bosh Imom hatibi Abdulmajid Qori Isoqovga berdi. Imom hatib diniy aqidaparastlik, buzg`unchi shaxslar tomonidan dinni niqob qilib olib amalga oshirilayotgan razilliklarning daxshatli oqibatlari, Muqaddas Islom dinining sof ma’naviyati va asl mohiyatini tushuntirish uchun hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan talabalarni tanishtirdi.


Bugungi kunda Mamlakatimiz prezidenti SH. M. Mirziyoyev tashabbusi bilan Islom dinini asl mohiyati, ma’naviyatini fuqarolarimizga to`g`ri tushuntirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar va buni natijasida fuqarolarimizning diniy ongi rivojlanishi bu esa o`z navbatida buzg`unchi g`oyalar va yot mafkuralarga qarshi kurasha oladigan yoshlarni tarbiyalashga hizmat qilishi haqida fahrlanib tushuntirdi.

Davra suhbati davomida o`qituvchi va talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan mehmonga murojaat qildilar. Suhbat davomida Imom hatib ilm olish va olimlar haqida kelgan hadislar va ularning tavsiri, payg`ambarimiz (s.a.v.) va sahoba-i ikromlarning halollik va ma’rifat borasidagi bizlarga qoldirgan qimmatli o`gitlari bilan tanishtirdilar.

Suhbat davomida talabalar dunyoqarashi va ma’rifat darajasi kengaydi. Suhbat so`ngida fakultet jamoasi va talabalar Imom hatibga o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Ushbu kabi davra suhbatlari, tadbirlarni muntazam ravishda o`tkazib borish talabalar ongini o`sishi, to`g`ri fikrlay olish qobiliyatini rivojlantirishga hizmat qiladi deb o`ylamiz.