Yangiliklar

Qo`qon davlat pedogogika instituti Tarix fakulteti “Tarix o`qitish metodikasi” yo`nalishi 203- guruhida tadbir bo`lib o`tdi

O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 27- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash” to`g`risidagi qarori ijrosini ta’minlash bo`yicha Qo`qon davlat pedogogika instituti Tarix fakulteti “Tarix o`qitish metodikasi” yo`nalishi 203- guruhida tadbir bo`lib o`tdi.



Tarix fakulteti 203–guruhida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Manaviyat soatida  Birinchi prezidentimiz xotirasi yod olindi. Tadbirda qatnashgan tarix fakulteti “Tarix o`qitish metodikasi” kafedrasi katta o`qituvchisi Xolmatov Muhsinjon Mo`ydinovich  talabalarga Islom Karimov hayoti bilan bog`liq qiziqarli ma’lumotlarni so`zlab berishdi. Bundan tashqari Xolmatov Muhsinjon O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish yo`lida xalq boshidan o`tkazgan og`ir kunlar haqida ham hayotiy voqealarni so`zlab berishdi.



Albatta ushbu og`ir kunlar haqida faqatgina kitobiy taasurotlarga ega bo`lgan talabalar uchun ushbu davra suhbati katta foyda bo`lgani talabalar bergan savollarda ham ko`rinib turdi.  Guruh rahbari Hamroqulov Serobjon   talabalarga Islom Karimovning davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati haqida aytib, u kishining xalqaro maydonda tutgan obro` e’tibori xususida ham to`xtalib o`tdi.



Davra suhbati yakunida talabalar Islom Karimov hayot yo`liga bag`ishlangan “Islom Karimov- mustaqil O`zbekiston davlat asoschisi”  video filmini tomosha qilishdi va yana bir bor Islom Karimov xotirasini yod etishdi.

Albatta, o`zbek xalqi mustaqillikdek ulug` nematga yetishishida Islom Karimovning hissasi ulkandir. Bu ulkan mehnatni nima bilandir qiyoslash mumkin emas. O`zbekiston uchun, o`zbek xalqi uchun fido bo`lgan umr doimo avlodlar xotirasida abadiy yashashi isbot talab qilib bo`lmas haqiqatdir.

Zero,vaqtlar o`tib kelajak-avlodimizga Mustaqillikdek ulug` nematga  o`zbek xalqining yetishishida Islom Karimovning zamondoshi bo`lganimizni qalbimiz to`la faxr tuyg`usi bilan so`zlab beramiz.