Yangiliklar

Tabiiy fanlar fakultetida O`zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti azolari hamda fakultetning ma`naviyat bo`limi xamkorligida yoshlar ittifoqi hamda xarakatlar strategiyasi xonasi ochilish marosimi bo`lib o`tdi




Ochilish marosimida O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Qo`qon DPI boshlang`ich tashkiloti tabiiy fanlar fakulteti yetakchisi Bexzod. Aliyev hamda fakultet  MMIB  dekan  muovini Maqsadjon  Madumarovning  xizmatlari  katta  bo`ldi.  Xona  asosan  O`zbekiston  Yoshlar  Ittifoqi  xamda  Xarakatlar  strategiyasiga  oid  stendlar  hamda materiallar bilan jihozlangan.  Xona  burchagida  ittifoq a`zolari va talaba yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida kutubxona  tashkil etildi. Xonaning chap devorida ittifoq nizomi hamda harakatlar strategiyasi stendlari o`rtasiga O`zbekiston Davlat Gerbi ilib qo`yilgan. Bundan tashqari o`zimizning milliligimizni, ma`naviyatimizni eslatib turuvchi, yuksalayotgan O`zbek yoshlarini aks ettiruvchi naqshli adras matosi ham xona devorlarig aks etagan.