Yangiliklar

Qo`qon shahar musiqali drama teatrida O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi


Tadbirni Qo`qon shahar hokimi R.Q.Jalilov kirish so`zi bilan ochib, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning mamlakatimiz mutaqilligini qo`lga kiritilishi, uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma`rifiy taraqqiyotidagi roli haqida gapirdi.



So`ng sahnada Islom Abdug`anievich Karimovning avtobiografiyasi, uning yoshlik chog`larida ilm-fanga, kitob va kitobxonlikka bo`lgan qiziqishlari, uning kuchli xotiraga va mustahkam irodaga ega inson bo`lganligi, Islom Karimovning mamlakat ta`lim sohasidagi olib borgan keng ko`lamli islohotlari to`g`risida, O`zbekiston xalqining O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovni so`ngi yo`lga kuzatishni aks ettirgan hujjatli lavhalar, jumladan, Mustaqil O`zbekiston asoschisi nomli hujjatli film namoyish etildi. O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug`anyievich Karimovning yorqin xotirasiga bag`ishlangan, Islom Karimovning maktab davridan to O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatidagi faoliyatigacha bo`lgan voqea-hodisalar jarayonini o`z ichiga olgan ushbu hujjatli film ishtirokchilarda juda chuqur taassurot qoldirgani shubhasizdir.



Tadbirda Qo`qon davlat pedagogika instiututining sport turlari bo`yicha Osiyo chempionligini va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga nomzodlikni qo`lga kiritgan talabalari Qo`qon shahar hokimligi va institut rektorining esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.



Tadbir davomida Qo`qon Davlat pedagogika instiututi O`zbek tili va adabiyoti, Tarix, Chet tillari, musiqa ta`limi yo`nalishi, jismoniy madaniyat va boshqa fakultet talabalari tomonidan havola etilgan sahna ko`rinishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.