Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazida O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi


Tadbirni Tarix fakultet dekani M.Temirboyev kirish so`zi bilan ochib berdi. Tadbir avvalida barcha ishtirokchilar O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini yod etishdi. So`ngra fakultet dekani M.Temirboyev talabalarga Islom Karimovning mamlakatimiz mutaqilligini qo`lga kiritilishi, uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va marifiy taraqqiyotidagi roli haqida, shuningdek, Islom Karimovning hayotlik vaqtlarida Qo`qon shahriga tashriflari tafsilotlari haqida gapirib berdi.



So`zga Tarix o`qitish metodikasi kafedrasi katta o`qituvchisi M.Mamurov chiqib, Islom Karimovning avtobiografiyasi, uning yoshlik chog`larida ilm-fanga, kitob va kitobxonlikka bo`lgan qiziqishlari, uning kuchli xotiraga va mustahkam irodaga ega inson bo`lganligi, Islom Karimovning mamlakat talim sohasidagi olib borgan keng ko`lamli islohotlari to`g`risida so`z yurtdi.



Pedagogika fakulteti o`qituvchisi F.To`raqulova so`zga chiqib, mustaqilligimizning va shu kungacha erishgan yutuqlarimizning asoschisi shubhasiz birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov ekanligini takidladi. Muhtaram yurtboshimizning porloq xotirasini esga olish, uning O`zbekiston va uning xalqi uchun qilgan benihoyat ulkan amaliy ishlari, qoldirgan siyosiy, manaviy-marifiy va madaniy merosini qadrlash, asrab avaylash barchamiz uchun ham farz ham qarz bo`lishligi kerakligini takidladi.