Yangiliklar

Tarix fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchilarining 2-talabalar turar joyida atoqli shoir A.Navoiy tavalludining 577 yilligi va Z.M.Boburning 535 yilligi munosabati bilan tadbir bo`lib o`tdi


Tadbirni Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchisi X.Soliyeva ochib, buyuk mutafakkir, atoqli shoir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi, Zaxiriddin Muxammad Bobur  tavalludining 535 yilligini yurtimizda xar yili keng nishonlanishi va xotirlashi ularning ilmiy-adabiy merosini o`rganish xamda targ`ib qilish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar xaqida gapirib o`tdi.



SHundan so`ng so`zni  kafedra mudiri f.f.n. M.Yuldashevaga berdi. O`qituvchi   Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur ijodlari “Barkamol avlodni tarbiyalashda Alisher Navoiy, Z.M.Bobur meroslarining o`rni va roli” mavzusida ma’ruza qilib,  tadbirda qatnashgan talabalarni Navoiy ijodiga bo`lgan qiziqishlarini yanada orttirdi. Talabalar ma’ruzadan ruxlanib, Navoiy g`azallari va ruboiylaridan, tuyuqlaridan namunalar yodlab, ifodali she’rlari bilan qatnashib turdilar. Jumladan O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi  talabalari Nabiyeva Nafisa 301 gurux, Tojiyeva Gulnoza 301 gurux,   2-etaj yetakchisi Abdumajidova Zilola 303 gurux,  va Voxidjonova Robiyaxonlar  tadbir ishtirokchilarni olqishiga erishdilar.



So`z navbatini kafedra o`qituvchilaridan A.Yusupov va A.Meliboyevlar olib, «SHox va shoir, buyuk sarkarda Zaxiriddin Muxammad Bobur xayoti va ijodi xaqida gapirib, u 1483-1530 Andijonda, Farg’ona ulusining hokimi Umar SHayx Mirzo oilasida tug`ilganligi,Bobur adib, shoir, olim, ayni vaqtda yirik davlat arbobi bo`lib, Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solgan. Asarlari: «Boburnoma», «Mubayyin», «Xatti Boburiy»; «Harb ishi»; «Mubayn»; «Mufassal». kabilardir.  U 1530 yil Xindistonda vafot etgan. Xotiniga atab «TOJMAXAL» obidasini qurdirganligi xaqida ma’ruza qildilar. Tadbirda qatnashgan talabalarga ularning mazmunli ma’ruzalari ma’naviy oziqa berdi, talabalar keng ma’lumotga ega bo`ldi, tadbir baxs-munozaralarga  boy bo`ldi.


Talabalar uz fikr-muloxazalarini bildirib, shunday tadbirlar davomli bo`lishini aytib o`tdilar.