Yangiliklar

Boshlang`ich talim yo`nalishi 401-guruhida talim olayotgan talabalar bilan guruh murabbiyi M.Yusupov Institut Axborot resurs markazida Kitobsiz kelajak yo`q mavzusida ochiq samimiy davra suhbati o`tkazildi


Bunugngi kunda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev tomonidan qayta va qayta takrorlanayotgan fikr bu yoshlarning kitob o`qishga qiziqishlari va intilishlarini yanada oshirishdir. Boshlang`ich talim yo`nalishi 401-guruhida talim olayotgan talabalar bilan guruh murabbiyi M.Yusupov Institut Axborot resurs markazida Kitobsiz kelajak yo`q mavzusida ochiq samimiy davra suhbati o`tkazdi.



Guruh murabbiyi M.Yusupov sharafli kasb egasi-o`qituvchilik minbariga chiqish uchun sanoqli zinapoyalar qolgan bitiruvchi talabalarga o`z pedagoglik tajribasidan kelib chiqqan holda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev asarlarini tanishtirdi. Mazkur asarlari mohiyatini to`laqonli bilish, o`rganish hamda hayotga tadbiq etilishida yoshlarning asosiy rol o`ynashi haqida batafsil tushuntirdi.