Yangiliklar

Fizika-matematika fakulteti 4-kurs talabalarining 2017-2018 o`quv yili uchun o`tkazilgan malakaviy pedagogik amaliyot oldi konferensiyasi bo`lib o`tdi




Konferensiyada Institut o`quv ishlari bo`yicha  prorektori N.S.Jo`rayev, fakultet dekani X.Xonboboyev, Matematika o`qitish metodikasi kafedrasi mudiri X.Ustadjalilova, Matematika o`qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Sh.Soliyev,  Fizika va astranomiya o`qitish metodikasi kafedrasi mudiri B.Mamadaliyev, Informatika o`qitish metodikasi kafedrasi mudiri  A.Abdullayev, Umumiy pedagogika kafedrasi o`qituvchisi M.Xaydarova, fakultetning malakaviy pedagogik amaliyot uslubchilari, pedagog va psixolog uslubchilar hamda  4-kurs talabalari qatnashdilar.





Konferensiyani Institut o`quv ishlari bo`yicha  prorektori N.S.Jo`rayev ochib berib, pedagogik amaliyot dasturining ustuvor vazifalariga hamda ta`limda o`qitishning zamonaviy shakllari va metodlari, ilg`or pedagogika, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llashga etibor qaratdi.





Fakultet dekani X.Xonboboyev metodistlarni va talabalarni amaliyot bo`yicha rektor buyrug`i hamda biriktirilgan maktablar bilan tuzilgan shartnomalar mazmuni bilan tanishtirdi. Tajribali ustozlardan Sh.Soliyev amaliyotchi talabalarga kerakli tavsiyalar va ko`rsatmalar berib ishlarida muvaffaqqiyatlar tiladi.