13
Feb
Maktabgacha ta`lim fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi 103-guruh talabasi U. Imomaliyeva va bir qator tengdosh talabalari bilan O`zbekiton tumani Qudash qishlog`i joylashgan “Muruvvat uyi”da ajoyib uchrashuv tashkil qildilar
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Olloh
qalbimizda, yuragimizda” nomli asarining didaktik mazmuni yoshlarga yetkazilishi
bo`yicha Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakultetida bir qator ishlar amlaga
oshirilmoqda.
Jumladan, Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi Maktabgacha
ta`lim yo`nalishi 103-guruh talabasi Umidaxon Imomaliyeva va bir qator tengdosh
talabalar O`zbekiton tumani Qudash qishlog`i joylashgan “Muruvvat uyi”da ajoyib
uchrashuv tashkil qildilar.

Unda O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarining kichik ko`rgazmasi tashkil etildi. Hazrat Mir Alisher hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan she’riy munozaralar uyushtirildi. Ayniqsa, Kamolaxon tomonidan o`qib eshittirilgan she’riy ijodiy namunalar barcha manzur bo`ldi.