Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Defektologiya yo`nalishi 4- bosqich talabalarida inklyuziv ta’limning mazmun mohiyati innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan seminarlar tashkil etildi




Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM) tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo`lgan shaxslarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5270-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qo`qon davlat  pedagogika institutining Defektologiya yo`nalishi 4- bosqich talabalarida, Boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi 4-bosqich talabalarida hamda Maktabgacha ta’lim yo`nalishi 1-bosqich talabalarida inklyuziv ta’limning mazmun mohiyati, alohida ehtiyojli bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik va psixologik yondashuvni tashkillashtirish bo`yicha dasturlar, innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan seminarlar tashkil etildi.







Seminar   RBIMM  “Bolalarni huquqiy muammolarini o`rganish” bo`limi boshlig`i A.Y.Umarbekova, markazning ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari p.f.d. L.R.Mo`minova, pedagogika fakulteti dekani p.f.d. N.SH.Erkaboyeva hamda defektologiya kafedrasi mudiri M.S.Mahmudova va kafedra a’zolari tomonidan tashkil etildi. Shuningdek mavzu doirasida so`rovnomalar o`tkazildi.