Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti 1-talabalar turar joyida Navoiy merosini o`rganamiz mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi


Tadbirni Chet tillar fakulteti 4 bosqich talabasi M. Raxmonova ochib, tadbir qatnashchilariga o`zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi  Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi butun mamlakatimiz bo`ylab keng nishonlanayotganligini aytib, so`zni Chet tillar fakulteti dekaninijng Ma`naviy ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari D. Aliyevaga berdi. D. Aliyeva o`z so`zida A. Navoiyning O`zbek adabiyotida tutgan o`rni, uning bizga qoldirgan merosi xususida atroflicha to`xtalib o`tdi.

Ingliz tili va adbiyoti kafedrasi kata o`qituvchisi T. Ataxojayevga berildi. T. Ataxo`jayev o`z so`zida  A. Navoiyning dunyo adabiyotida tutgan o`rni, Navoiy ijodining asosiy yo`nalishlari, Navoiy ijodidagi gumanizm, internasionalizm, ezgulik,yetuk inson timsoli kabi mavzularda yaratgan asarlari xususida to`xtaldi. Ayniqsa, Navoiy ijodida Vatan madhi keng o`rin tutishligini aytib, uning:

G`urbatda garib shodumon bo`lmas emish

El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish

Oltun qafas ichra gar qizil gul bitsa

Bulbulga tikandek oshiyon bo`lmas emish

ruboiysi  naqadar yuksak mahorat bilan ijod qilinganligi hanuz barchani lol qoldirib kelayotganligini takidlab o`tdi.
Tadbirda institutning O`zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari o`zlarining Alisher Navoiy  ijodini chuqur bilishlarini namoyish etishdi, ular Navoiyning sherlari, g`azallari, ruboiylari, dostonlaridan parchalar keltirishdi.