Yangiliklar

Yoshlar Ittifoqi tomonidan o`tkazilgan Yosh kitobxon Respublika ko`rik-tanlovi g`olibasi Prezident sovg`asi Spark avtomobili sohibasi Sharofat Ismoilovani tabriklash uchun institut hovlisida tadbir bo`lib o`tdi




Barchamiz bir xikmatni ko`p eshitganimiz: Kitobim- oftobim.  Ayni topib aytilgan gap ekanligini Respublika Yosh kitobxon tanlovi yana bir bor isbot etdi. 2 bosqichda o`tkazilgan mazkur tadbirda avvalo 14-19 yoshlilar, keyin esa 20-30 yoshlilar ishtirok etdilar. Tanlov tashkilotchilari sifatida Respublika Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, Respublika Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va o`rta maxsus talim vazirligi, Xalq talimi vazirligi jonbozlik ko`rsatdilar.







Tanlov shartlari 4 bosqichda amalga oshirildi. Mazkur tanlovning 20 30 yoshlilar o`rtasida o`tkazilgan bosqichida Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti o`zbek tili va adabiyoti fakulteti  3 kurs talabasi Sharofat Ismoilova ishtirok etib, Prezident sovg`asi SPARK avtomashinasi sohibiga aylandi. Tanlovning murakkab, jiddiy  shartlaridan o`zining bilimi, iqtidori, iste`dodi va salohiyatini namoyon qilgan talabamiz ustozlar ishonchini oqladi.  Jahon va o`zbek adabiyoti durdonalarini qunt bilan mutolaa qilgan Sharofat muvaffaqqiyatlar kalitini qo`lga kiritdi. Bu g`alaba barcha talabalar qalbini o`zgacha zavq-shavqqa to`ldirdi. Umid qilamizki tadbir  tasirida jonajon Vatanimizda  kitobxon talabalar safi yanada kengayib boradi.