Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida ishchi xodimlari va talabalari ishtirokida xashar o`tkazildi


2018 yilning 3-4-mart kunlari fakultet ishchi xodimlari va talaba-yoshlar ishtirokida fakultet binosida va atrof hududida xashar o`tkazildi. Ushbu xashar tadbirida fakultet o`quv binosi oldi qismi va yo`l ko`chasida tozalash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, fakultet atrofidagi ekilgan ko`chat hamda daraxtlarni oqlash ishlari amalga oshirildi.



Ushbu tadbir jarayonida fakultetda talim olayotgan talaba yigit va qizlar hamda ishchi-xodimlar tomonidan Tarix fakulteti binosining atrof hududlari, kirish va ichki qismlari, auditoriyalari tozalandi.