Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasida “Uch avlod uchrashuvi” bo`lib o`tdi


Tadbirni Tarix fakulteti dekani, f.f.n. M.K.Temirboyev ochib berdi. Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va talabalar! Bugungi “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar. Bu tadbir yoshlarimizni  ilm-ma’rifatli bo`lishlari, shu bilan birgalikda katta avlod vakillariga hurmat tuyg`usini tarbiyalash, tariximizni o`rganishda muhim ahamiyatga ega deb hisoblayman. Hurmatli talabalar va fakultetimizning o`qituvchilari ustozlar sizlarga o`z hayot yo`llari, ilm mashaqqatlari, Vatanparvarlik ruhi tushunchasi haqida kerakli maslahatlarni beradilar va bu o`gitlar sizlarni hayotingizda katta o`ringa ega bo`lib qoladi deb umid qilaman. 



"> So`zga chiqdi: Tarixchi olim Y.Dadaboyev ma’lumki Yahyoxon Dadaboyev Qo`qon tarixi bo`yicha O`zbekistonda va Markaziy Osiyoda taniqli mutaxassis. O`z so`zlarida Qo`qonning mashhur tarixiy shaxslari, Qo`qon shahriga berilgan mashhur ta’riflar haqida to`xtalib o`tdilar.Shu kunlarda olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari, sof o`zbek tilida qadimgi turkiy xalqlarning kalendari, hafta kunlari, oylarning nomlanishi o`qituvchi va talabalarda katta qiziqish uyg`otdi. Shoir Sadoiyning “Qo`qon” deb nomlangan g`azalini o`qib berdilar. 


So`zga chiqdi: Ijtimoiy fanlar kafedrasining faxriy katta o`qituvchisi A.Hamedov Ustozimiz o`z suhbatlarida Institutdagi 41 yillik pedagogik faoliyatlari, ustozlik mas’uliyati, talabalarga o`z farzandidek qarash, ilmiy salohiyat, o`qituvchilik odobi haqida biz yoshlar uchun g`oyatda zarur bo`lgan hayotiy o`gitlarni berdilar. Falsafaning inson va jamiyat hayotidagi o`rnini misollar bilan keltirib o`tdilar. Hozirgi kunda yosh avlod, yosh o`qituvchilar uchun tayyorlayotgan “O`qituvchi odobi” nomli qo’llanmalarini bizlarga tavsiya etdilar. Yoshlarni turli zararli, yot g`oyalardan ogoh etdilar. Dars o`tish metodikasi haqidagi maslahatlari tahsinga loyiq. 




Tadbir so`ngida Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o`qituvchisi D.Inomova, Tarix o`qitish metodikasi kafedrasi mudiri Q.Akbarov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi v.v.b mudiri X.Muxtarovlar ustozlarga tashriflari uchun minnatdorlik bildirdilar, kelgusi ishlarida omad va zafarlar tiladilar. Kafedra nomidan tashakkurnoma topshirdilar.